5 thoughts on “Дазмол килиш

  1. Ha dazmolda yangi bir necha funksiyalar va dizaynagagi o’zgarishlarni inobatga olmasa katta o’zgarish yo’q. Balki bunga sabab uni ayollar sumkachasi kabi mashhur bo’lmaganligidadir yoki uni hush ko’rilmasligidadir. Bechora kunlik 10-15 daqiqalik ishini qilib uyni bir chetida hech kimga kerakmasday yotadi.
    Dazmolda o’zgarishlar yo’qligiga qoyidagi sabablarni keltirsa bo’larkan:
    1. Mahsulot uzini funksional maqsadiga ko’ra maromiga keltirib bo’lingan (ortiqcha qo’shimchalar- ortiqcha)
    2. Raqobatni yo’qligi va qo’shimcha funksiyalarga sarflanadigan harajat dazmolni o’zidan qimmatga tushishi. (qaniydi dazmol ham uyali telegonlar kabi raqobat va talabga ega bolganda edi har 3 oyda yangi o’zgarishdagi dazmolni ko’rardik, afsuski bu hech qachon bolmaydi)
    Lekin dazmolga hali ancha o’zgarish qilsa bo’ladi, musiqa aytadigan dazmol yaratsa bo’ladi (bekalarni zerikmaliklari uchun), bir ammalab monitor joylasa ham bo’lardi, teleseriallarni korsatadigan bo’lsin(ayollarga televizer ko’rib dazmol qildiyu nima o’sha seriallarini dazmol qilib dazmolda ko’rdi nima-farqi yo’q shekilli)
    Ha yana, dazmol qilsihni bilmaydigan qizlar uchun (albatta bu hamma qizlarda tegishli emas:-) video roliklari ham bo’lsa qanday dazmol qilishni orgatadigan qoshimcha tajriba kiyimlari bilan.
    Faqat shular, balki kelajakda ko’rarmiz.
    Uzr muhimi yodan chiqibi, buni yangilikka albatta qo’shish kerak.
    Agar dazmol 20 daqiqadan ortiq yoniq qolib ketsa yoki kiyimni kuydirayotgan bo’lsa dazmol qiluvchi qaysi tilda gaplashsa o’sha tilda “azizam meni yolg’iz qoldirdingiz, hamma joyga o’t qo’yishim mumkin” degan signal bersa.

    Like

  2. Ха, албатта. Лекин кимдир канакадир кизик томонларини топиши мумкиндир. Кимдир буни дунёдаги энг кизик иш, деб уйлаши хам мумкин.

    Like

    1. Domla, darhaqiqat, kim uchundir bu ish qiziq tuyuladi, albatta.
      Ko’ylakka yoki shimga maromiga yetkazib dazmol bosish – bu ham bir san’at. Ayniqsa, ko’ylakning yengi uzun bo’lsa, yeng qismini to’g’irlash ancha e’tibor va qunt talab qiladi. Aqlimni taniganimdan buyon shimimni yo ko’ylagimni o’zim dazmollashga harakat qilaman. Yaqinda opachamga ko’ylagimni dazmollagani bermagan edim, ular “Uylansang, nima qilasan? Xotiningga ishonmay, o’zing dazmollayverasanmi?”, – deb aytib qoldilar. Vaziyatdan chiqish uchun, javobni hazilga burib qo’yaqoldim.

      Like

Leave a reply to ibrokhim akhmedov Cancel reply