Ният-да

Кеча Флетчер мактаби рахбариятининг таклифига биноан йигирмага якин арманистонлик талабалар билан учрашдим ва деканларнинг бири билан бирга гурух билан сухбат утказдим. Бу талабалар олти ой давомида Флетчер мактабида махсус дастур буйича укишади. Хамма харажатлар бир америкалик арман бизнесмени тузган фонд томонидан копланади. Мана ун беш йилки, бу фонд хар йили Флетчер мактабига 15-20 та давлат ишида ишлаб турган арман ёшларини олиб келиб, дипломатия сохасида укитади. Америкада арманлар жуда куп ва уларнинг узига туклари кулидан келганча тарихий ватанига ёрдам беришади, шу жумладан ёшларни жахоннинг нуфузли олий укув юртларида укитишга кумаклашади.

Кечаги учрашувнинг охирида бир нарса хаёлимга келди: агар менда хам катта пул булганда, бир махсус фонд тузиб, унинг маблагларини Узбекистонлик ёшларнинг дунёнинг энг зур университетларида таълим олишларига кумаклашишга сарф килардим. Бойиб кетишимга кузим етмайди-ю, лекин ниятим холис.

Бу ерда, колаверса купгина Гарб давлатларида кайсидир мамлакат талабаларини куллаб-кувватлайдиган шахсий фондлар куп. Масалан, хитойлик ёки япониялик талабалар учун. Зора бизнинг ёшларимизга кумаклашадиган жамгармалар хам купайса.

12 thoughts on “Ният-да

  1. Alisher aka, sizda fikr bor. bazi o’zbeklarda esa kotta pul bor.
    O’zizda katta pul bo’lishini kutgandan ko’ra, menimcha o’zbek oligarhlari bilan ish olib borib, ularni shunaqa investisiya qilishga undash kerak. I think, thanks to your social status, you could try to contact some of them.

    Like

  2. eh, bir kam dunyo…
    Dono xalqimiz buni bejizga aymagan shekilli. Shu o’rinda ham bunga o’xshash holatga guvoh bo’lishimiz mumkin. Domla xolis niyat qilibdilar, lekin uni amalga oshirishga imkonlari yo’q(hozircha). Biz, esa o’zimiz xohlagan joyda o’qishni orzu qilamiz, ammo pulimiz yo’q(buyam hozircha). Baribir bir kam dunyo-da.
    Ammo hammasi, harakatda. Harakat qilsak, hamma narsaga erishsak bo’ladi. Domla ham o’z niyatlariga, menimcha, 1-harakatlarini boshlaganlar, ya’ni niyatini ommaga oshkor etibdilar. Domlaning bu harakatidan, kimdir bu muammoda borasida o’zidagi tushunmovchiliklarni yoki kam joylarini to’ldirishi, boringki dunyoqarashini biroz bo’lsada kengaytirishi mumkin-ku.
    Nima bo’lganda ham, qadrli ustoz, bunday sayt faoliyat yuritayotganligini kech bo’lgan bo’lsamda, sizga katta rahmat deyishni joiz topdim. Martabangiz va faoliyatingiz bundanda yuksalaversin.
    Sodiq shogirtingiz, Jo’rabek

    Like

  3. Talabalarning bilim olishlari uchun shahsiy jamg’armalarning ochilishi muhim. Siz 10 ta talaba uchun mablag’ sarflang, undan 5 tasi o’z yoli bilan ketar, (bu jarayonni tohtatib bolmaydi) 3 tasi tadqiqotini yarim yolda tashlab ketar, demak amalda 2 ta talaba siz sarflagan mablag’ni oqlar. Bazida shu 2 talaba ham siz sarflagan mablagni 100 balki 1000 barobar miqdorda jamiyat uchun chiqarib beradi.
    Bu huddi invistitsiya kabi, agar 10 ta ishga invistitsiya kiritsangiz albatta ularni malum qismini yoqotasiz, shundan faqat 3 yoki 4 tasi foyda keltiradi va shu 3 yoki 4 tasi qolgan yutqazilgan ishlarni ornini qoplaydi. Shundayakan natija bolmaydi deyish notog’ri, ochish kerak sarflash kerak.
    10 ta uzbek talabadan 5 tasi oz yolidan ketib uzini davlatidan chetda yutuqga erishar, shunda undan sorashganda sen kimsan yoki qayerliksan deb har holdan men Amerikalikman, men Nemis yoki Fransusman demaydi, Uzbekman deydi, shu so’z uchun qancha sarflasangiz arziydi.

    Like

  4. Бу ерда куриб турибман, баъзи мамлакатлар ёшлари укишини куллаб-кувватлайдиган унлаб фондлар бор, купчилиги – шахсий. Бунаканги шахсий фондлар купайгани яхши, деб уйлайман.

    Like

    1. мени яхши тушунмадингиз. натижаси нима булади, бу укишни хосилини амалда кура оламизми?

      Like

  5. Hurmatli Domla, niyat holis bo’lsa hamma ish boladi, aytishadiku niyat maqsadga qoyilgan birinch qadamlardan deb.

    Like

  6. eng avvalo o’zimizda vatanparvarlik xissini shakllantirish kerak deb o’ylayman. Garchi hammamiz O’zbekistondan bo’lsakda haligacha o’zimizni o’zbekistonlik emas, balki men o’zbek, men rus, men tatar yoki men tojik deb ataymiz. Vatanparvarlik tuyg’usi shundaya jamg’armalarni ochilishida juda ham muhim rol o’ynaydi deb o’ylayman

    Like

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s